» » 2021-yilgacha milliy standartlarning xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashganlik darajasi 47 foizga yetkaziladi

2021-yilgacha milliy standartlarning xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashganlik darajasi 47 foizga yetkaziladi


2019-yil davomida milliy standartlarning xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashganlik darajasini keskin oshirishni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi va 2021-yilga qadar bu ko‘rsatgich 47 foizga yetkazish belgilandi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu degani ikki yil ichida qariyib 7 mingta hujjat qayta ko‘rib chiqiladi. Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, so‘nggi o‘n yil ichida bor-yo‘g‘i 3,5 mingta standartlar qabul qilingan.

Xalqaro me’yorlarni sohalar kesimida qaraydigan bo‘lsak, 2021-yil yakuniga qadar xalqaro standartlarning ulushini oziq-ovqat sanoatida 82,5 foizga, to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoatida 67,3 foizga, qurilishda bu ko‘rsatgichlarni ikki barobardan oshirish ko‘zda tutilgan.

Qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash uchun, iqtisodiyot tarmoqlarining standartlarni ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida, qaror bilan Agentlik qoshida maxsus institut tashkil etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют