» » O‘zbekistonda mehmonxonalar soni keskin ortadi

O‘zbekistonda mehmonxonalar soni keskin ortadi


“Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida“ gi Prezident qarori bilan 2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurilishining maqsadli parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unga binoan 2019-yilda umumiy xonalar soni 4664 ta bo‘lgan yana 212 ta yangi mehmonxonalar quriladi. Eng ko‘p mehmonxonalar Toshkent (41 ta), Samarqand (30 ta) va Buxoroda (29 ta) bunyod etiladi. 2021-yilga qadar bosqichma-bosqich ularning soni oshirib boriladi va shu davrga qadar umumiy xonalar soni 30 212 ta bo‘lgan yangi 1508 ta mehmonxonaga asos solinadi. Shu tariqa 2021-yilga borib O‘zbekistonda mehmonxonalar soni 2 394 taga yetadi. Ulardagi xonalar soni esa 50 044 tani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda 886 ta mehmonxona bo‘lib, ularda 19 ming 832 ta xonalar bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют