» » Pensilvaniya o‘t o‘chiruvchilari qiziquvchan itni bir soat ichida ikki marta tomdan olib tushishga majbur bo‘ldi

Pensilvaniya o‘t o‘chiruvchilari qiziquvchan itni bir soat ichida ikki marta tomdan olib tushishga majbur bo‘ldi


AQShning Pensilvaniya shtatidagi Nantikok shahri o‘t o‘chiruvchilari Sibir xaskisi zotiga mansub itni bir soat ichida ikki marta tomdan olib tushishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

O‘t o‘chiruvchilarning xabar berishicha, ularga tomdagi itni ko‘rib qolgan yo‘lovchilar tomonidan chaqiruv bo‘lgan.

Qutqaruvchilar chaqiruv joyiga yetib kelgan, biroq uy egasi uyda bo‘lmagan. O‘t o‘chiruvchilar itni tomdan olib tushib, uni uy ichida qoldirib ketgan.

Taxminan bir soatdan so‘ng xuddi shu manzilga yana chaqiruv bo‘lgan: qiziquvchan uy hayvoni uyda qamalib o‘tirishni xohlamasdan, yana tomga chiqib olgan.

Uy egasi uyga qaytmagan, shuning uchun qutqaruvchilar itni tomdan olib tushib, uyning barcha derazalarini yopib ketgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют