» » Qaysi mamlakatlar fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kela oladi?

Qaysi mamlakatlar fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kela oladi?


O‘zbekiston salmoqli turistik-rekreatsion salohiyatga ega. O‘zbekistonda 7,4 ming madaniy meros obyektlari bo‘lib, ulardan 209 tasi , shu jumladan 4 ta shahar muzeylar YUNESKOning umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2010—2017-yillar mobaynida turistik xizmatlar eksporti ikki barobarga ortib, 2017-yilda 546,9 million AQSh dollarini tashkil etgan. 2018-yilda esa bu ko‘rsatkich 1 041 mln dollarga yetdi. Shu yili respublikaga 5,3 million xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, deyiladi O‘zA xabarida.

2018-yilda O‘zbekistonga keluvchi chet elliklar sonining ortishiga viza rejimining soddalashuvi katta ahamiyat kasb etdi. Endilikda bu imkoniyatlar soni yanada ortdi.

O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida 2019—2025-yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra turizm sohasi rivojining asosiy bosqichlari belgilangan. Hujjatga binoan 2019—2020-yillarda turizm rivojini asoslarini belgilab beruvchi qonunchilik bazasi takomillashtiriladi, infratuzilma modernizatsiya qilinadi va O‘zbekiston turistik brendi keng targ‘ib etiladi.

2021—2025-yillarda mamlakat iqtisodiyotida turizm sanoati hissasi oshiriladi. Bu yo‘nalishda YaIMda tarmoq hissasini 5 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. (2017-yilda bu ko‘rsatkich 2,3 %ni tashkil etgan). Shuningdek, respublikaning turistik imkoniyatlarini oshirish va jahon bozoridagi taqdimotlarini ko‘paytirish evaziga 2025-yil yakunida 9 milliondan ortiq sayyohni O‘zbekistonga jalb qilish nazarda tutilmoqda. Uzoq muddatli rejalarda esa, turistik xizmatlar borasida O‘zbekistonning nafaqat milliy natijalar bilan cheklanishi, balki mintaqaviy va dunyoviy miqyosda raqobatbardosh bozor ishtirokchisi sifatida namoyon bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hujjatda 2019-yil 1-fevraldan elektron kirish vizasini oluvchi mamlakatlar ro‘yxati kengaytiriladi. Asosiysi, 45 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan bo‘lib, bular, Avstraliya, Avstriya, Argentina, Bosniya va Gersegovina, Vatikan, Lyuksemburg, Vengriya, Bruney-Dorussalom, Gretsiya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Kanada, Andorra, Lixtenshteyn, Monako, Belgiya, Daniya, Ispaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Latviya,Litva,Mongoliya, Yangi Zelandiya, Portugaliya, Bolgariya, Kipr Respublikasi, Malta, Polsha, San-Marino, Serbiya,Sloveniya, Xorvatiya, Chili, Ruminiya, Slovakiya, Buyuk Britaniya, Braziliya,Finlyandiya,Chernogoriya, Chexiya, Shveysariya, Estoniya kabi davlatlardir.

Shuningdek, 2019-yil 15-martdan 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari tizimi hamda alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasi joriy qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют