» » Saudiyalik ayollar ajrashganlik haqidagi xabarlarni SMS orqali oladi

Saudiyalik ayollar ajrashganlik haqidagi xabarlarni SMS orqali oladi


Saudiya Arabistoni rasmiylari sudlarga ayollarga nikohi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish majburiyatini yukladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Yangi qoida erkaklar sobiq rafiqalarini xabardor qilmasdan nikohni bekor qilgan maxfiy ajrashishlar amaliyotiga chek qo‘yishi lozim. Huquqshunoslarning ma’lum qilishicha, endilikda qirollik ayollari har doim o‘z oilaviy maqomi haqida xabardor bo‘lib, alimentga bo‘lgan huquqidan foydalanishi mumkin.

Yangi chora valiahd shahzoda Muhammad bin Salom tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning bir qismi hisoblanadi. 2018-yilda Saudiya Arabistoni ayollariga mashina haydashga ruxsat berilgan edi. Bundan tashqari, endi ular futbol musobaqalariga borishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют