» » O‘zbekiston delegatsiyasi al-Azhar majmuasi bilan hamkorlik bo‘yicha Misrga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston delegatsiyasi al-Azhar majmuasi bilan hamkorlik bo‘yicha Misrga jo‘nab ketdi


5-yanvar kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Misr Arab Respublikasiga jo‘nab ketdi. Safar doirasida Misrning al-Azhar majmuasi bilan diniy kadrlar tayyorlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, xalqaro konferensiyalar va seminarlar o‘tkazishga oid diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, al-Azhar majmuasi hamda O‘zbekistondagi diniy sohaga oid markazlar o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”ni imzolash, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib va al-Azhar universiteti rektori bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi al-Azhar universiteti va boshqa ilmiy muassasalarda keng jamoatchilik ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimotlar o‘tkazishi mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют