» » Andijon viloyati Paxtaobod tuman IIB boshlig‘i fuqarolar murojaatiga qanday munosabat bildirmoqda?

Andijon viloyati Paxtaobod tuman IIB boshlig‘i fuqarolar murojaatiga qanday munosabat bildirmoqda?


Paxtaobod tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Azizbek Islomov muntazam ravishda o‘ziga biriktirilgan 3-sektor hududida yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarni qiynayotgan muammolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishmoqda, deya xabar qiladi Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.

Profilaktika kuni doirasida “Guzar” MFYda yashovchi Kozimjon Ibragimov, “Paynov” MFYda istiqomat qiluvchi Yoqutxon Mo‘minova hamda 17 nafar fuqarolarning suyiltirilgan gaz baloniga ehtiyoji borligi aniqlanib, ularning bu muammosi darhol yechim topdi. Shuningdek, Soy mahallasidagi Poshonbog‘i ko‘chasi aholisining ichki yo‘lning ta’mirlanishi bo‘yicha qilgan murojati ham sektor rahbari boshchiligida hal etildi — 1100 metrli yo‘lga shag‘al yotqizildi.

Shu kuni fuqarolar bilan uchrashuv-muloqotlar ham tashkil etilib, unda bugungi kunda har bir inson uyi, mahallasi xavfsizligini ta’minlash uchun avvalo o‘zi qayg‘urishi, bu ishni muqaddas burchi deb hamisha ogoh bo‘lib yashashi zarurligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют