» » Uzbek Tigers – Patriot Boxing Team 1:0. Abdulhay Shorahmatov rossiyalik bokschini ishonchli tarzda mag‘lub qildi

Uzbek Tigers – Patriot Boxing Team 1:0. Abdulhay Shorahmatov rossiyalik bokschini ishonchli tarzda mag‘lub qildi


Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 3-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib bormoqda.

“O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan janglarning birinchisida -56 kilogramm vazndagi bokschilar o‘zaro bahs olib bordi. Unda O‘zbekiston vakili Abdulhay Shorahmatov rossiyalik Dmitriy Sharafutdinovni 3:0 hisobida ishonchli tarzda yengdi.

Mazkur bellashuvdan so‘ng Uzbek Tigers 1:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Navbatdagi janglar quyidagi ko‘rinishni olgan:

-64 kilogramm: Elnur Abduraimov — Radmir Abdurahmonov

-75 kilogramm: Isroil Madrimov — Rajab Rajabov

+91 kilogramm: Zuxriddin Mahkamov — Islom Tekeyev

-49 kilogramm: Hasanboy Do‘stmatov — Bator Sagaluyev

Estatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют