» » Nukusda yo‘lovchi poyezdi qulog‘ida naushnik bo‘lgan 2002-yilda tug‘ilgan o‘smirni bosib ketdi

Nukusda yo‘lovchi poyezdi qulog‘ida naushnik bo‘lgan 2002-yilda tug‘ilgan o‘smirni bosib ketdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Nukus shahri temir yo‘l vokzali yonida bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida ma’lumot berdi, deya xabar berdi Makon.uz nashri.

Ma’lumotda aytilishicha, 2019-yil 5-yanvar kuni soat 13:45 da  Nukus shahri hududidan o‘tuvchi “Xo‘jayli-Nukus” temir yo‘li peregonining 2-piketi 699-kilometrida 334-sonli “Saratov-Urgench-Toshkent” yo‘lovchi tashuvchi poyezdini tortib kelayotgan UZTE16M2-033-son teplovozi temir yo‘l relsining o‘rtasida qulog‘iga naushnik taqqan, Nukus shahrida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan R.D.ni bosib olgan.

Natijada, R.D. voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat bo‘yicha hozirgi vaqtda tergov oldi so‘rishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют