» » Rossiya va afg‘onistonlik sayyohlar Yangi yilni Samarqandda kutgan xorijliklar ro‘yxatida yetakchilik qildi

Rossiya va afg‘onistonlik sayyohlar Yangi yilni Samarqandda kutgan xorijliklar ro‘yxatida yetakchilik qildi


Samarqand hokimligi yangi yil kechasini shaharda o‘tkazgan sayyohlar bo‘yicha statistikani chop etdi. Bu haqda “Podrobno.uz” nashri xabar berdi.

“23—28-dekabrgacha shahar mehmonxonalarida 856 nafar sayyoh tunab qolgan. 29-dekabrdan 3-yanvargacha esa mehmonxonalarda 1606 nafar sayyoh ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida rossiyalik sayyohlar 588 nafarni, Afg‘oniston — 198 va Yaponiya — 166 sayyohni tashkil qildi.

Ushbu ko‘rsatkich bir yil avvalgi bilan taqqoslaganda 790 nafar sayyohni tashkil qilgan. Shunday ekan, sayyohlar soni bir yilda ikki karra oshganini ko‘rish mumkin”, — deyiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlarida.

Sayyohlar sonining oshishi aviachiptalarga joriy qilingan chegirmalar hamda yangi yilda dam olish kunlarining uzaytirilgani bilan bog‘liq.

Rossiya turizm industriyasi ittifoqi prezidenti Sergey Shpilko tez orada O‘zbekiston—Rossiya bozorida turizm bo‘yicha “portlashini” ma’lum qilgandi.

“Yo‘nalish bunga tayyor, u yevropaliklar orasida mashhur, Rossiya uchun ham xuddi shunday talabgir bo‘ladi”, — deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 360 ming nafar rossiyalik tashrif buyurgan, 2017-yilda ularning soni 270 ming nafarni tashkil qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют