» » Isroillik shifokor bemordan 32 kilometr masofada turib yurak jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

Isroillik shifokor bemordan 32 kilometr masofada turib yurak jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi


Isroilda ishlab chiqilgan inqilobiy texnologiya tarixda ilk bor shifokorga operatsiya xonasidan 32 kilometr masofada jarroh robotini qo‘llash orqali yurak kateterizatsiyasini bajarish imkonini berdi. Bu haqda “Forum Daily” xabar berdi.

Corindus kompaniyasi tomonidan yaratilgan noyob texnologiyadan foydalanib masofadan bajarilgan jarrohlik amaliyoti Hindistonning Ahmadobod shahridagi “Arex” kasalxonasida o‘tkazildi.

Aslida bu turkum operatsiyalar bo‘lib, kateterizatsiya jarayonini ketma-ket yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan besh nafar bemor boshdan kechirdi.

Beshta amaliyotning barchasi jahonga mashhur kardiolog shifokor Tias Fattel tomonidan amalga oshirildi.

Uning hamkasbi va hamkori doktor Sanji Shaa amaliyot vaqtida bemorning yonida bo‘lib, har qanday vaziyatda yordam ko‘rsatishga shay edi.

Uzoqdan kateterizatsiya texnologiyasidan foydalangan holda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti vaqtida shifokor operatsiya xonasidan tashqarida, lekin bemordan juda qisqa masofada turib, maxsus konsol yordamida jarayonni nazorat qildi.

CorPath jarrohlik roboti 2002-yilda NaviCath (bugungi kunda “Corindus” deb ataladi) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u “Rambam” kasalxonasining yetakchi kardiologi professor Rafael Biyar tomonidan yaratilgan.

Keyinchalik, “Rambam” kasalxonasi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasidagi Texnion bazasi Massachusets shtatiga (AQSh) ko‘chib o‘tdi va u tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar bugun dunyoning 50 ta tibbiyot markazlarida qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют