» » Toshkentda “aqlli” hisoblagichlarni o‘rnatish bo‘yicha dastur yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda “aqlli” hisoblagichlarni o‘rnatish bo‘yicha dastur yo‘lga qo‘yiladi


Toshkentda issiq va sovuq suvga “aqlli” hisoblagichlarni o‘rnatish bo‘yicha dastur ishga tushadi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimiyatiga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan hamkorlikda 2019-yilning 1-avgustiga qadar 2020—2022-yillarga uy ichida issiq va sovuq suvlarni hisoblaydigan smart-uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha dastur ishlab chiqishni topshirdi.

“Aqlli” uskunalarni o‘rnatishning asosiy maqsadi uy-joy egalari qancha suvdan foydalanganligi to‘g‘risida hisoblagich ko‘rsatkichlarni mustaqil ravishda, smart-hisoblagichlar yordamida hisoblab, onlayn tarzda boshqarib borishni ko‘zda tutadi.

Ekspertlarning fikricha, “aqlli” hisoblagichlar iste’molchilar bilan bir qatorda, davlat va biznesga ham foyda keltiradi.

Bugungi kunda “aqlli” hisoblagichlar test rejimida “O‘ztransgaz” tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda. Bugungi kunda qariyb 200 ta shunday uskunalar Toshkent viloyatining Qibray tumanida o‘rnatilgan.

Uning yordamida kompaniya gaz sarfini onlayn tarzda tekshirib, qarzdorlarni o‘chirib qo‘yish imkoniga ega. Asosiy maqsad— ushbu tajribani o‘rganib, keyin butun respublikaga tadbiq etishdan iborat. Mazkur hisoblagichalar 2022-yilning oxirigacha barchaga o‘rnatilishi ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют