» » Milliy gvardiya vakillari Surxondaryoda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini yo‘qlamoqda

Milliy gvardiya vakillari Surxondaryoda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini yo‘qlamoqda


Milliy gvardiya Surxondaryo viloyat bo‘linmasi 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni oldidan hududdagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonida bo‘lib, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ayni paytda viloyatda 70 nafar Ikkinchi jahon urushida qatnashchisi hayot kechirmoqda.

Termiz shahrida yashayotgan Sherali bobo Haydarov ana shunday duogo‘ylardan. Bu yil tabarruk 93 yoshni qarshi olgan otaxon 18 yoshida urushga ketgan. Dastlab Buxoro shahrida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan Sh.Haydarov Zaporojye shahrida jang maydoniga kirgan. Kiyev shahrida bo‘lgan janglardan birida og‘ir yaralanib, gospitalga tushgan. Bu yerda olti oydan ko‘proq muddat davolangan. Shundan so‘ng harbiy texnika va qurol-aslaha ishlab chiqariladigan zavodda urush tugaguncha mehnat qilgan.

— O‘shanda ayni kuchga to‘lgan davrimiz edi, — deya eslaydi Sherali bobo. — Biz ko‘rgan qiyinchiliklarni avlodlarimiz hech qachon ko‘rmasin. Mana, hozir osoyishta, to‘kin hayot kechirmoqdamiz. Harbiylar, yoshlar xonadonimizga kelib, xol-ahvol so‘rab turishadi. Yangi yil arafasida bir guruh yoshlar kelib, bayram bilan qutlagan edi. Bugun Milliy gvardiyachilar xonadonimizga quvonch olib kirdi, bayram sovg‘alarini berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют