» » DSQ ish beruvchilarga xodimlar ish haqini oshirishni tavsiya etdi

DSQ ish beruvchilarga xodimlar ish haqini oshirishni tavsiya etdi


O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ish beruvchi tashkilotlarga xodimlar maoshini ko‘tarishni tavsiya etadi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Qo‘mitaning fikricha, ish haqi miqdorini 2019-yildan ish beruvchi tashkilotlarga soliq yukining, shu jumladan yagona ijtimoiy to‘lovning kamaytirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan oshirish mumkin.

2018-yilning noyabrida Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov soliq sohasidagi islohotlar natijasida yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi yirik korxonalar uchun 25 foizga, kichiklari uchun 15 foizga tushirilishini aytgandi.

“Endilikda ushbu stavka 12 foiz bo‘ladi, bu esa biznes vakillari uchun juda katta imkoniyat”, — deya qayd etgandi Sultonov.

Qayd etilganiday, 1-yanvardan e’tiboran har bir fuqaro o‘rtacha 6,5 foiz yutishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют