» » Uzbek Tigers – Patriot Boxing Team 3:0. Isroil Madrimovning muvaffaqiyati O‘zbekistonga muddatidan avval mavsumdagi ilk g‘alabani keltirdi

Uzbek Tigers – Patriot Boxing Team 3:0. Isroil Madrimovning muvaffaqiyati O‘zbekistonga muddatidan avval mavsumdagi ilk g‘alabani keltirdi


Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 3-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib bormoqda.

“O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi jangda -75 kilogramm vazndagi bokschilar ringga ko‘tarildi. Unda Isroil Madrimov hech qanday qiyinchiliksiz Rossiya vakili Rajab Rajabovni taslim qildi.

Avvalroq -56 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik Abdulhay Shorahmatov ishonchli tarzda (3:0) Dmitriy Sharafutdinovni,  -64 kilogramm vaznda Elnur Abduraimov qiyinchilik bilan (2:1) Radmir Abdurahmonovni mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar qilingandi.

Mazkur bellashuvdan so‘ng Uzbek Tigers hisobni  3:0 ko‘rinishiga olib keldi va muddatidan avval mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi. Navbatdagi janglar quyidagi ko‘rinishni olgan:

+91 kilogramm: Zuxriddin Mahkamov — Islom Tekeyev

-49 kilogramm: Hasanboy Do‘stmatov — Bator Sagaluyev

Estatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют