» » “Real Sosyedad” “Real M”ni yutib, La Liga tarixiga kirdi

“Real Sosyedad” “Real M”ni yutib, La Liga tarixiga kirdi


6-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha La Liganing 18-turi doirasida “Real Madrid” o‘z maydonida “Real Sosyedad”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdan oldin basklar murabbiyi Asyer Garitano iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Imanol Alguasil klub boshqaruviga tayinlangan edi.

“Real Sosyedad” bungacha 6 ta holatda murabbiy o‘zgartirib, undan keyingi o‘tkazilgan mehmondagi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgandi.

MisterChip yozishicha, La Liga tarixida ilk bor murabbiyi almashgan klub safarda “Real Madrid”ni mag‘lub etgan jamoa — “Real Sosyedad” bo‘ldi. Bungacha birorta jamoa bunday ishni amalga oshira olmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют