» » Indoneziyadagi ko‘chkilar oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyadagi ko‘chkilar oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi


Indoneziyada o‘tgan haftada yuz bergan ko‘chki qurbonlari soni 31 nafarga yetdi, deb xabar berdi “Tengrinews”.

Avvalroq 158 nafar qurbon va 20 nafar bedarak yo‘qolganlar haqida ma’lumot berilgan edi.

Tabiiy ofat ta’sir ko‘rsatgan 100 kishining 64 nafari xavfdan xoli, 31 nafari halok bo‘ldi, uch nafari esa jarohatlangan.

Bundan tashqari, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Ko‘chki 31-dekabr kuni G‘arbiy Yava provinsiyasida yuz berdi. 34 ta uy vayronalar ostida qolgan.

Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy boshqarmasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ko‘chkiga jala quyishi sabab bo‘lgan.

22-dekabrdan 23-dekabrga o‘tar kechasi Indoneziya sohillariga kuchli sunami yopirildi. Sunami oqibatida Lampung va Benten provinsiyalarida kamida 429 kishi halok bo‘ldi, 150 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют