» » AQSh Eronga SSJ-100 samolyotini yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh Eronga SSJ-100 samolyotini yetkazib berishni to‘xtatdi


AQSh Sukhoi Superjet 100 (SSJ-100) samolyotini Eronga sotish bo‘yicha eksport sertifikatini berishdan bosh tortdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya laynerining o‘n foizdan ko‘p detallari Amerikada ishlab chiqariladi, shu sababdan uni sotish uchun AQSh g‘aznachiligining roziligini olish lozim.

“AQSh Moliya vazirligi qoshidagi xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan litsenziya yo‘qligi sababli samolyotlarni yetkazib berish haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkinmas”, — deydi Eron havo yo‘llari assotsiatsiyasi vakili Maqsud Asad Somoniy.

U Amerika ehtiyot qismlarini almashtirish uchun uzoq vaqt ketishini taxmin qildi.

Avvalroq, Eronning Moskvadagi elchisi Mehdi Sanay Islom respublikasining samolyotlarni xarid qilishdan manfaatdorligini ma’lum qilgandi.

“Suxoy fuqaro samolyotlarining” kompaniyasi prezidenti Aleksandr Rubsovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Amerika ehtiyot qismlari ulushini besh foizgacha kamaytirganda SSJ-100 samolyotlarini

Eronga yetkazib berish masalasiga qaytishni rejalashtirmoqda.

“Suxoy fuqaro samolyotlari” kompaniyasi AQSh sanksiyasiga tushmaydigan 40 dona SSJ-100 samolyotlarining yangi “ruslashtirilgan” talqinini 2022-yilgacha ikkita Eron aviakompaniyasiga yetkazish bo‘yicha aprel oyida memorandum imzolagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют