» » O‘zbekistonda yangi viza turlari joriy qilinadi

O‘zbekistonda yangi viza turlari joriy qilinadi


O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoniga muvofiq, mamlakatga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizalari toifalarini berish belgilangan. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Shunga ko‘ra, quyidagi yangi viza turlari joriy qilinadi:

“Vatandosh” — asli o‘zbekistonlik bo‘lgan kishilar va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston fuqarosi hisoblangan qarindoshlari tomonidan taklif etilgan hollarda beriluvchi ikki yillik viza;

“Student visa” — O‘zbekistonda joylashgan ta’lim muassasalarida tahlis olayotgan chet ellik talabalarga beriladigan bir yillik viza. Ushbu viza respublikadagi ta’lim vazirliklari, idoralari va tashkilotlari murojaatiga asosan rasmiylashtiriladi;

“Academic visa” — O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan chet elliklar uchun 3 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari murojaatiga ko‘ra beriladi;

“Medical visa” — O‘zbekistonga davolash-profilaktika muassasalari taklifiga asosan tashrif buyuruvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun 3 oygacha bo‘lgan muddatga beriladigan viza;

“Piligrim visa” — ziyorat vizasi bo‘lib, ushbu viza sayyohlik faoliyati subyektlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita so‘roviga ko‘ra chet ellik fuqarolarga O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma’naviy merosi va an’analarini o‘rganish uchun 2 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют