» » Takexiko Nakao: OTB Harakatlar strategiyasi bilan bog‘liq loyihalarda qatnashmoqchi

Takexiko Nakao: OTB Harakatlar strategiyasi bilan bog‘liq loyihalarda qatnashmoqchi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao o‘zaro hamkorlik loyihalari istiqbollari, mamlakatga tashrifi taassurotlarini O‘zA muxbiri bilan o‘rtoqlashdi. 

Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdim. Yerdan maqsadli va samarali foydalanish, bog‘dorchilikni rivojlantirish va hosildorlikni oshirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi loyihalar bizda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston bilan zamonaviy ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari, hududiy aloqalar, savdo va tranzitni rivojlantirish imkonini beradigan avtomobil yo‘llari va temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kichik va o‘rta korxonalarni ko‘paytirish hisobidan xususiy sektor salohiyatini oshirish, qishloq joylarda uy-joy qurilishi bo‘yicha kompleks dastur, samarali zamonaviy energetika sektorini rivojlantirish va takomillashtirish kabi sohalarda hamkorlik qilishdan manfaatdormiz. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda ham shular kabi bir qancha sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha samarali muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq aholisining turmush darajasini yanada oshirish, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, energiyatejamkor texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida urg‘u berildi. Bu pirovard natijada mamlakatning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishiga zamin yaratadi.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 2017—2019-yillarga mo‘ljallangan energetika sohasidagi infratuzilmalarni rivojlantirish, transport, kommunal xizmatlar, olis hududlarda turar-joylar qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratadi. 

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi ulkan salohiyatga ega. Biz O‘zbekistonning mintaqada transport aloqasini yaxshilash va global bozorlarga chiqish borasidagi sa’y-harakatlarini qadrlaymiz va ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz. 

2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan islohotlarni amalga oshirish loyihalarida qatnashishni rejalashtirmoqdamiz.

Takexiko Nakao, Osiyo taraqqiyot banki

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют