» » Kristian Eriksen 5 karra Daniyaning eng yaxshi futbolchisi, bu — rekord

Kristian Eriksen 5 karra Daniyaning eng yaxshi futbolchisi, bu — rekord


“Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Daniyaning 2018-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.

Eriksendan tashqari ushbu sovringa “Lester” darvozaboni Kasper Shmeyxel va “Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Tomas Dileyni da’vogarlik qilgandi.

Kristian faoliyati davomida 5 karra Daniyaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘ldi. Bu orqali u Brian Laudrup qayd etgan rekordni yangiladi, deb yozadi B.T.

Laudrup ushbu sovrinni 4 marta qo‘lga kiritgandi.

O‘tgan yili 26 yoshli o‘yinchi “Tottenhem” safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari, Eriksen Daniya terma jamoasi bilan JCh—2018 ning 1/8 finalida Xorvatiya bilan to‘qnash kelib, penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi(3:2). Eriksen musobaqada 1 ta gol va 1 ta golli pasga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют