» » 2019-yilda O‘zbekistonda bolalar bog‘chasi uchun to‘lov qanday o‘zgaradi?

2019-yilda O‘zbekistonda bolalar bog‘chasi uchun to‘lov qanday o‘zgaradi?


Norma Toshkent shahri va viloyatlar markazlari bo‘yicha indeksatsiya foizi ko‘rsatilgan holda bolalar bog‘chasi uchun to‘lovning amaldagi va 2019-yil 1-maydan joriy etiladigan miqdorlarining solishtirma jadvalini taqdim etdi.

Avvalroq 1-maydan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining yangi oshirilgan miqdorlari joriy etilishi haqida xabar berilgan edi. Bu Prezidentning 26.12.2018-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020—2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida” PQ-4086-son qarorida nazarda tutilgan. Tariflar Toshkent sh., viloyatlar markazlari, viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar va boshqa joydagi MTM uchun tabaqalashtirilgan holda belgilangan. Bolalar bog‘chasi uchun eng yuqori miqdorlar poytaxtda amal qiladi.

Quyida Toshkent shahri va viloyatlar markazlari bo‘yicha indeksatsiya foizi ko‘rsatilgan holda ota-onalar to‘lovining amaldagi va 1-maydan joriy etiladigan miqdorlarining solishtirma jadvali taqdim etilgan.

Shu tariqa, bitta bolaning 5 kunlik ish haftasida poytaxt va viloyatlar markazlaridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida 9 soat bo‘lishi qiymati 20%ga, bolalar bog‘chasiga oiladan bittadan ortiq bola borganda esa o‘rtacha har bir bola uchun 20,4%ga oshadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют