» » Kasallik bir bolani oramizdan olib ketmasin: Armanjonning hayotini saqlab qolaylik!

Kasallik bir bolani oramizdan olib ketmasin: Armanjonning hayotini saqlab qolaylik!


2003-yilning 11-noyabrida Qoraqalpog‘iston viloyatining Qo‘ng‘irot tumanida dunyoga kelgan yolg‘iz o‘g‘il farzand Saparboy aka oilasiga cheksiz quvonch olib kelgan edi. Bugun esa butun oila mana to‘rt oydirki, to‘shakda hayotga umid bilan mo‘ltirab turgan qora ko‘zning dardi bilan kurashadi.

Onasi 42 yoshli Bayramgul opaning aytishicha, 2018-yilning may oyining o‘rtalarida farzandi Armanjon velosipedda ketayotganida yiqilib, bu hodisadan qattiq qo‘rqib ketdi. Hodisa oqibatida uning bel-umurtqasi sinishi natijasida iyun oyiga kelib yurolmay qolgan. Shundan so‘ng sog‘lig‘i kundan kunga yomonlashib borgan.

Takror va takror tekshiruvlar natijasida bolaga joriy 2018-yilning 17-avgustida poytaxtdagi Gematologiya markazida oqqon kasaligining o‘tkir limfoblastli leykoz, 1-faol davri tashxisi qo‘yilgan.

Dastlabki 10 kunlik davo muolojalarini Nukusdagi Gematologiya shifoxonasida olgach, axvoli ijobiy tomonga o‘zgarishi sezilmagach, shu yilning avgust oyidayoq Toshkent shahridagi Gematologiya va qon quyish instituti shifoxonasiga olib borishgan.

Bu yerda bolaga to‘rt oy mobaynida ikki marta marta kimyoterapiya muolajalari o‘tkazilgan.

Navbatda asosiy kurslardan ikkitasi, so‘ngra qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlovchining 9 ta kursi turibdi.

“Leykozga chalingandan keyin dorilarni juda qimmatligi sabab bankdan 17 million so‘m miqdorida kredit olib, 1-kursini dorilarini olishga, muolajalariga sarfladik. Hozirga kelib hech vaqoimiz qolmadi hisob. Qarzlarimiz ko‘payib ketgan.

Toshkentga kelganimizdan beri farzandim Armanjonni turmush o‘rtog‘im bilan piyoda ko‘tarib shifoxonaga olib borib kelmoqdamiz. Haftasiga millionlab mablag‘ ketmoqda. Moddiy tomondan juda qiynalib qoldik. Lekin davolanish kurslari muolajalari hali ko‘p davom etarkan. Bizga yordam juda zarur. Imkoni bor saxovatpesha yurtdoshlarimizdan imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman”, — deydi onasi Bayramgul opa.

Ayni kunlarda ona-bola poytaxtda. Hozir ko‘shimcha kursdan oldingi 2- kursda. Onaning aytishicha, ayni paytda farzandi Toshkent shahridagi Gematologiya bo‘limiga qatnab davolanish muolajalarini olib kelyapti.

Bayramgul opa o‘g‘lining davolanish xarajatlaridan tashqari har oy ijara uchun 150 AQSh dollari to‘lamoqda. Ijara to‘lovini to‘lashga ham imkoniyatlari yetmay qolgan.

Shifokorlar Armanjonni yana ikki yarim yil davomida davolanishi zarurligini ma’lum qilgan. Buning uchun esa katta mablag‘ talab etiladi.

Aziz, saxovatpesha yurtdoshlar! Keling, Armanjonga yordam qo‘lini cho‘zaylik. Qalbi mehrga to‘la bu insonlarga dalda bo‘laylik. Qo‘limizdan kelguncha, imkoniyatimiz yetgunicha oilaga xolis moddiy yordam qilib, duoda bo‘laylik.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli malumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme )

Onasi Bayramgul Jikinbayeva nomiga ochilgan.

Xalq banki: 8600 0604 6798 3616

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma’lumotlari:

Jikinbayeva Bayramgul Tolendiyevna

Pasport raqami: KA0290200

Onasi Bayramgul opaning telefon raqami:

+99899 959 73 90.

Telegram: +99897 358 31 74



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют