» » Osiyo Kubogi—2019. Qirg‘iziston Xitoyga yutqazib qo‘ydi

Osiyo Kubogi—2019. Qirg‘iziston Xitoyga yutqazib qo‘ydi


7-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining 1-turi doirasida navbatdagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Jumladan, “C” guruhining ilk o‘yinida Xitoy terma jamoasi Qirg‘iziston termasi bilan kurashga kirishdi. Uchrashuvning 42-daqiqasida Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosi Ahliddin Isroilov hisobni ochgan bo‘lsa (1:1), 50-daqiqaga kelib Pavel Matyash o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (1:1).

2-bo‘limning 78-daqiqasida Jingdao Jin o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Yu Dabao Qizg‘iziston darvozasiga gol urdi va jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida yana bir debyutant Filippin terma jamoasi musobaqa favoritlaridan biri Janubiy Koreya termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 18:30 da boshlanishi belgilangan.

Osiyo Kubogi—2019

“C” guruhi, 1-tur

7-yanvar, dushanba

Gollar: 0:1 — 42 Ahliddin Isroilov, 1:1 — 50, avtogol, Pavel Matyash, 2:1 — 78 Yu Dabao.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют