» » O‘zbekistonlik talabalar Misrning al-Azhar majmuasida grant asosida ta’lim oladi

O‘zbekistonlik talabalar Misrning al-Azhar majmuasida grant asosida ta’lim oladi


Avvalroq, O‘zbekiston delegatsiyasi Misr Arab Respublikasiga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi. Safar doirasida Misrning al-Azhar majmuasi bilan diniy kadrlar tayyorlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, xalqaro konferensiyalar va seminarlar o‘tkazishga oid diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Misr poytaxti Qohira shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatning Misrdagi elchixonasi bilan hamkorlikda al-Azhar majmuasi rahbarining boshlang‘ich va o‘rta ta’lim bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Shayx Ali al-Xaliliy, al-Azhar shayxining maslahatchisi professor Abdurahmon Muso hamda al-Azhar rektori, professor Muhammad Mahrasoviy bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida al-Azhar majmuasi hamda O‘zbekistondagi diniy sohaga oid markazlar o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum loyihasi ustida muhokama o‘tkazilib, al-Azhar va O‘zbekistondagi diniy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yish alohida qayd qilindi. Kelishuvga muvofiq, har yili o‘zbekistonlik 25 nafar talaba uchun al-Azhar tomonidan grant ajratiladi. Shundan 20 nafar bakalavr bosqichi uchun 5 nafari esa magistratura bosqichi uchun ajratilishi belgilab quyildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют