» » Qarshida aholi yangi uyga ko‘chib kirdi, ammo yangi uyda suv yo‘q

Qarshida aholi yangi uyga ko‘chib kirdi, ammo yangi uyda suv yo‘q


Qarshi shahrining “Oydin” mahallasidagi yaqinda aholiga topshirilgan arzonlashtirilgan ko‘p qavatli uylarning “mis”i chiqdi. Unda yashovchi aholining aytishicha, ko‘chib kelishganiga bir oy bo‘lgan bo‘lsa-da, haligacha me’yordagidek ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. Jurnalist Otabek Qo‘ldoshevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, uyning orqa tomonidan oqayotgan ichimlik suvi esa 3 kundan beri isrof bo‘lmoqda.

“Ko‘chib kelib joylashganimizga bir oy bo‘lgan bo‘lsa-da, shu bir oy ichida uch yoki to‘rt kun suv berishdi, xolos. Unda ham o‘ynatib, bir o‘chirib, bir qo‘shib suv berishdi, — deydi 5-uyda yashovchi aholi vakillaridan biri Feruza Bo‘ronova. – Yangi yilni ham suvsiz kutib oldik. Bayram kunida suv berishmagani yomon bo‘ldi. Eng yomoni mana uch kundirki, “dom”imizning pastki tomonida quvur yorilgani sabab suv oqishdan to‘xtamayapti. Aytishlaricha, quvur teshilgan ekan. Yangi quvur qanday qilib teshilib qolishi mumkin?”

“Oydin” mahalla hududida qurilib, foydalanishga topshirilgan 7 ta ko‘p qavatli uylarning quruvchisi “Qurilish servis” MChJ mas’uli Ixtiyor Qurbonov mazkur holatdan xabari borligini aytar ekan, bu xususida mutasaddilarni 3 kun oldin ogohlantirganligini bildirdi.

“Suv quvuri o‘tgan 4-yanvar, juma kuni yorilgan edi, — deydi Ixtiyor Qurbonov. – O‘sha kuniyoq mas’ullarga bildirdik. Ammo bugun (6-yanvar, yakshanba) uchinchi kundirki, kelib tuzatishmadi. Ichimlik suvi esa ko‘chaga oqayapti. Eng yomoni suv uyning pastki qismiga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli suvni boshqa tomonga oqizdik. Ammo bu vaqtinchalik chora. Tezda muammoni hal qilmasak bo‘lmaydi”.

Aholi vakillarining so‘ziga ko‘ra, uch-to‘rt kun suv berilgan paytda ham suv besh qavatli uyning 2-qavatigacha chiqqan, tepa qavatlarga suv chiqmagan.

“Suv kelsa ham faqat 2-qavatgacha chiqadi, — deydi shu uyning 5-qavatida yashovchi Sohibjamol Aminova. – 3-, 4-, va 5- qavatda yashovchilar aybdormi yoki? Mas’ullarning aytishicha, suvni tepaga chiqazib beruvchi motorning “miya”si ketgan ekan”.

“Miya” ketganiga bir oy bo‘ldi, — deydi Shahnoza Xalilova. — Bu “miya” deganlari soz bo‘lganmikin o‘zi? Chunki uyni qabul qilganimizga endi bir oy bo‘ldi-ku?”

Shirkat raisi Aziz Xalilovning ma’lumot berishicha, 5-uyda 45 ta xonadon bo‘lib, ayni kunga qadar ko‘chib kelgan aholi ichimlik suvi berilmayotganidan tashvishda.

“Bu muammo yuzasidan hatto viloyat hokimligiga ham xabar berdik, — deydi Aziz Xalilov. – Kelamiz deyishgan. Kutayapmiz”.

Jurnalist Otabek Qo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, 6-yanvar kuni tushlikdan so‘ng mas’ullar kelib, daryo bo‘lib oqayotgan suvni to‘xtatgan. So‘ngra yorilgan quvurlarni tuzatishgan. Aholiga suv ham uzatilgan, ammo nosoz motor tufayli suv hali ham 2-qavatdan yuqoriga ko‘tarilmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют