» » Tramp ma’muriyati ekologiya xarajatlarini 17 foizga qisqartirishi mumkin

Tramp ma’muriyati ekologiya xarajatlarini 17 foizga qisqartirishi mumkin


Donald Tramp ma’muriyati iqlim o‘zgarishi muammolari bilan shug‘ullanadigan federal agentliklarga sarflandigan xarajatlarni 17 foizga qisqartirishi mumkin. Bu haqda Oq uy tomonidan tayyorlangan xizmat ma’lumotlariga tayanib, The Washington Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

Mazkur tashabbus ma’qullangan taqdirda, jumladan, qirg‘oq hududlarini boshqarish va daryo etaklarini o‘rganish ishlarini moliyalashtiradigan Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi 126 million dollardan yoki o‘z budjetining chorak qismidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Moliyalashtirilishi 18 foizga kamaytirilayotgan AQSh savdo vazirligi tarkibiga kiradigan Sun’iy yo‘ldosh tadqiqotlari boshqarmasiga ajratiladigan mablag‘ esa 513 million dollarga (budjetining 22 foizi) kamayishi kutilmoqda.

Oq uydagi manbaga ko‘ra, mazkur loyiha hozirda muhokama jarayonida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh prezidentining qizi va kuyovi — Ivanka Tramp hamda Jared Kushner Donald Trampni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish haqidagi fikridan qaytishga ko‘ndirgani ma’lum bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют