» » Turkiyada cho‘kib ketgan kemada 4 nafar ukrainalik halok bo‘ldi

Turkiyada cho‘kib ketgan kemada 4 nafar ukrainalik halok bo‘ldi


Samsun sohillari yaqinida savdo kemasi halokatga uchrashi oqibatida to‘rt nafar ukrainalik qurbon bo‘ldi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Andrey Sibiga Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Elchining ma’lum qilishicha, ekipajning 13 a’zosidan 11 nafari — Ukraina fuqarolari. Kema ob-havo sharoitlari sababli cho‘kib ketganligi ta’kidlanmoqda. Qirg‘oq mudofaasi tezkor ravishda tegishli choralarni ko‘rganligiga qaramasdan, to‘rt nafar ukrainalikni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Shu bilan bir paytda, Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi press-attashesi Irina Kasimova Turkiya sohillarida cho‘kib ketgan kema ekipaji a’zolari orasida rossiyaliklar bo‘lmaganligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya qirg‘oqlari yaqinida yuk kemasi halokatga uchraganligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют