» » Osiyo Kubogi—2019. Eron terma jamoasi Yamanni tor-mor qildi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Eron terma jamoasi Yamanni tor-mor qildi (video)


7-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining 1-turi doirasida “D” guruhidagi dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda musobaqaning favoritlaridan biri Eron terma jamoasi debyutant Yaman termasi bilan bahsga kirishdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi (5:0).

Uchrashuvning 12-daqiqasida Mehdi Taremi hisobni ochdi (1:0). 23-daqiqada esa Yaman terma jamoasi a’zosi Saoud Al-Sovadi o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Mehdi Taremi yana bir bor gol urdi va dublga erishdi (3:0).

2-bo‘limning 53-daqiqasida Sardor Azmun hisobni 4:0 ko‘rinishiga olib keldi. So‘nggi gol Saman G‘addos tomonidan kiritildi (78-daqiqa).

Shu tariqa, Eron terma jamoasi Osiyo Kubogidagi birinchi o‘yinida Yaman termasi ustidan 5:0 hisobidagi  ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Osiyo Kubogi—2019

“D” guruhi, 1-tur

7-yanvar, dushanba

Gollar: 1:0 — 12 Mehdi Taremi, 2:0 — 23, avtogol, Saoud Al-Sovadi, 3:0 — 25 Mehdi Taremi, 4:0 — 53 Sardor Azmun, 5:0 — 78 Saman G‘addos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют