» » Farg‘onada 3 ta qopda giyohvand vosita saqlagan fuqaro qo‘lga olindi

Farg‘onada 3 ta qopda giyohvand vosita saqlagan fuqaro qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 14 kilogramdan ortiq giyohvand moddasini saqlagan fuqaro fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston tumanida 2019-yil 6-yanvar kuni viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limi hamda Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Qushqo‘noq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.T.ni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Uning hovlisidagi tandirxona tagidan bir dona 3 litr sig‘imli shisha bankada hamda bir dona polimer paketga alohida qilib solingan nasha giyohvand moddalari borligi aniqlangan.

Bundan tashqari A.T.ning yashash xonadoni tomi ostidan 3 dona oq rangli polietilen qoplarga alohida solingan nasha giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirish uchun daliliy ashyo sifatida IIBga olingan.

A.T.ning yashash xonadonidan topilgan bir dona shisha bankaga solingan nasha giyohvand moddasining sof vazni 109 gramm, bir dona polimer paketga solingan nasha giyoxvand moddasining sof vazni 247 gramm, 1-qopdagi nasha giyohvand moddasining sof vazni 7 kg 367 -gramm, 2 qopdagi nasha giyohvand moddasining sof vazni 3 kg 373 gramm, 3-qopdagi nasha giyohvand moddasining sof vazni 3 kg 745 gramm, jami 14 kg 841 grammni tashkil qildi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют