» » Angliya Kubogida sensatsiya: “Liverpul” “bo‘rilar”ga yutqazib, musobaqadan chiqib ketdi (video)

Angliya Kubogida sensatsiya: “Liverpul” “bo‘rilar”ga yutqazib, musobaqadan chiqib ketdi (video)


7-yanvar oqshomida futbol bo‘yicha Angliya Kubogi 1/32 finali doirasida so‘nggi bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “Vulverhempton” jamoasi o‘z maydonida Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”ni qabul qildi. 38-daqiqada mezbonlar hujumchisi Raul Ximenes hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqada Divok Origi muvozanatni tiklashga erishdi. 55-daqiqaga kelib esa mezbonlar yarim himoyachisi Ruben Nevesh gol kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Natijada “Liverpul” musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi.

Angliya Kubogi

1/32 final bahsi

7-yanvar, dushanba

Gollar: 1:0 – 38 Ximenes, 1:1 – 51 Origi, 2:1 – 55 Ruben Nevesh.

“Vulverhempton” – Raddi, Kastro (Doerti, 75), Bennett, Koudi, Ruben Vinagre, Diogu Jota (Kavaleyru, 52), Dendonker, Moutinyo, Ruben Nevesh, Boli, Ximenes (Elder Koshta, 83).

“Liverpul” – Minyole, Rafael Kamashu, Lovren (Xuver, 6), Moreno, Milner, Fabinyo, Jons (Firmino, 70), Keyta, Shaqiri, Starrij (Saloh, 70), Origi.

Ogohlantirish: Milner (15).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют