» » Surxondaryodagi qurilishi chala qolgan ko‘prik deputat aralashuvidan so‘ng oxiriga yetkaziladigan bo‘ldi

Surxondaryodagi qurilishi chala qolgan ko‘prik deputat aralashuvidan so‘ng oxiriga yetkaziladigan bo‘ldi


Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Kallamozor” qishlog‘idan oqib o‘tadigan Sherobod daryosi o‘zani sellar oqibatida kengayib, 100 metrdan oshib ketgan, 2,5 ming aholi istiqomat qiladigan qishloq aholisiga qiyinchiliklar tug‘dirayotgandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Parlament quyi palatasi deputatlari tomonidan aholi va homiylar bilan hamkorlikda qishloq bilan M-39 xalqaro avtomobil trassasini bog‘lovchi, barcha talablarga javob beradigan, xavfsiz, zamonaviy ko‘prik qurilishi boshlab yuborildi. Bugungi kunga kelib, ko‘prikning qariyb 80 foiz qismi qurib bitkazildi. Ammo mablag‘ yetishmasligi sababli qolgan qurilish ishlari to‘xtab qoldi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Murodulla Tursunov 2018- yilning 25-dekabr kuni ushbu ko‘prikning bitmasdan turgan qismini oxirigacha bunyod etishda amaliy yordam berishni so‘rab, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga murojaat yo‘lladi.

29-dekabr kuni deputatning ushbu murojaatida ko‘rsatib o‘tilgan masala yechimi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va “Ko‘prikqurilish” trestiga topshiriqlar berilgani haqidagi javob xati olindi. Unga ko‘ra, mazkur masala nazoratga olinib, endi amaliy harakatlar boshlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют