» » O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov Misrga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov Misrga jo‘nab ketdi


O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 8-yanvar kuni Misr Arab Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Misrning al-Azhar majmuasi bilan diniy kadrlar tayyorlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar o‘tkazishga oid diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, al-Azhar majmuasi hamda O‘zbekistondagi diniy sohaga oid markazlar o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”ni imzolash, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib va al-Azhar universiteti rektori bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi al-Azhar universiteti va boshqa ilmiy muassasalarda keng jamoatchilik ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida takdimotlar o‘tkazishi mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют