» » To‘yiga bir necha kun qolgan yigitga qo‘rqinchli tashxis qo‘yildi — leykoz!

To‘yiga bir necha kun qolgan yigitga qo‘rqinchli tashxis qo‘yildi — leykoz!


Ulug‘bek Beknazarov 1993-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. O‘tkir limfoblast leykoz tashxisi qo‘yilguniga qadar Ulug‘bek ham boshqalar kabi o‘zining hayoti bilan yashayotgan, shirin tashvishlari bilan yelib-yugurayotgan edi. U 2018-yilning bahorida uylanmoqchi, ko‘z ostiga olib qo‘ygan qizi bilan yangi hayot ostonasiga qadam qo‘ymoqchi edi.

Aprel oyida Ulug‘bekning rejalari, hayotini butunlay o‘zgartirib yuborgan hodisa yuz berdi. Shu kungacha umuman kasal bo‘lmagan zabardast yigit bir hafta ichida ozib-to‘zib ketdi. Avvaliga uning qo‘ltig‘i ostiga kichkina yara chiqdi. Namangandagi viloyat onkologiya shifoxonasida ushbu yara qo‘rqinchli kasallik alomati ekanligini aytishdi. Oila a’zolari zudlik bilan Ulug‘bekni Toshkentdagi gematologiya shifoxonasiga olib keldi.

Ulug‘bek sakkiz oydan beri davolanish muolajalarini olib kelmoqda. Bu kasallik nafaqat Ulug‘bekni balki, uning oila a’zolarini ham qiynab qo‘ydi. Akasining aytishicha, ayni paytda Ulug‘bekning bir sutkalik dorilari narxi 4 million so‘mdan oshmoqda. Ulug‘bekka davlat tomonidan 226 ming so‘m atrofida moddiy yordam ajratiladi. Ammo bu pul urvoq ham bo‘lmaydi. Oila shu kungacha o‘z hisobidan Ulug‘bekni davolatib kelgan. Biroq hozirda juda qiynalib qolishgan.

“31-dekabrdan boshlab ukamning ko‘zi xiralashib, yaxshi ko‘rmay qoldi. Shifokorlarning aytishicha, bu kasallikning asorati ekan. Hozirda u juda tushkun ahvolda, shunday bo‘lsa ham tuzalib ketishga umid bilan yashamoqda.

Ukamning hayotini Turkiyada o‘tkaziladigan murakkab operatsiya saqlab qolishi mumkin, buning uchun esa katta pul kerak”, — deydi Ulug‘bekning akasi Nodirbek.

Aziz yurtdoshlar, Ulug‘bekjon bizning yordamimiz bilan oyoqqa turishi mumkin! Uning sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilish uchun ma’lumotlar:

MFO: 00711

INN: 20004849923120000300000711100

Beknazarov Ulug‘bek.

Plastik raqami: 8600 0609 7064 2683

Akasi Nodirbekning telefon raqami:

91 367 31 21



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют