» » Boriy Alixonov: Tabiat insoniyat yillar davomida yetkazgan ta’sirning javobini qaytarish bosqichida

Boriy Alixonov: Tabiat insoniyat yillar davomida yetkazgan ta’sirning javobini qaytarish bosqichida


O‘zbekiston ekologik partiyasi ta’sis syezdida Boriy Alixonov nutq so‘zladi, deya xabar berdi O‘zA.

Atrof-muhitga e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lishimiz, tabiat qonunlarini bilib-bilmay buzishimiz oqibatida Ona sayyoramizning ko‘rinishi tobora o‘zgarib, tanazzulga yuz tutmoqda. Atmosfera havosining ifloslanishi, ichimlik suvining tanqisligi, yashil hududlarning kundan kunga kamayib borishi kuzatilmoqda.

Tabiatdagi bioxilma-xillikka, atrof muhitga putur yetmoqda. Tabiat esa insoniyat yillar davomida yetkazgan va yetkazayotgan antropogen ta’sirning javobini allaqachon qaytarish bosqichiga o‘tgan: o‘rmon yong‘inlari, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik, bo‘ronlar...

Jahon resurslari instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilga borib dunyo aholisining uchdan ikki qismi, ayniqsa, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyo aholisi suv resurslari taqchil hududlar sirasiga kirib qoladi. Suv taqchilligi hozirgi kunda Suriyadagi urushning asosiy sabablaridan biri sifatida e’tirof etiladi va ehtimol, yanada ko‘proq mojarolar keltirib chiqaradigan va qochoqlar oqimini ko‘paytiradigan manbaga aylanadi.

Suv taqchilligini boshidan kechirayotgan 10 mamlakatning sakkiztasi Yaqin Sharqda joylashgan. Ular cho‘llanishga, yerosti suvlari sathining tushib ketishiga, ko‘p yillik qurg‘oqchilikka, suv resurslariga egalik qilish borasida millatlararo bahslarga, suv resurslaridan noratsional foydalanishga mahkumlar. Bularning bari shundoq ham keskin mintaqadagi beqarorlikni kuchaytiradi.

Boriy Alixonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют