» » Malayziya Shimoliy Koreya elchisini mamlakatdan quvdi

Malayziya Shimoliy Koreya elchisini mamlakatdan quvdi


Malayziya tashqi ishlar vazirligi KXDRning Kuala-Lumpurdagi elchisi Kan Chxolni persona non grata deb e’lon qildi. Meduza’ning xabar berishicha, shimoliy koreyalik diplomatga 48 soat ichida Malayziya hududini tark etish haqida ko‘rsatma berilgan.

Mazkur qaror Kim Chon Nam — KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi o‘ldirilishi bilan bog‘liq bayonot ortidan qabul qilingan. 4-mart kuni Shimoliy Koreya elchisi qotillik yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borayotgan Malayziya hukumatiga ishonmasligini ma’lum qilgan edi.

Bunga javoban Malayziya hukumati elchidan uzr so‘rashni talab qilgan, biroq elchi uzr so‘ramadi.

KXDR yetakchisi Kim Chen Inga aka hisoblangan Kim Chon Nam 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ikki ayol uning yuziga zaharlovchi modda surtilgan matoni tashlagan.

Qotillik bo‘yicha har ikki gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Mazkur hodisadan so‘ng Malayziya KXDR fuqarolariga nisbatan amalda bo‘lgan vizasiz tartibni bekor qilgan.

Rasmiy Pxenyan Kim Chon Namning o‘limi yuzasidan 2-mart kuni bayonot berdi. KXDR rasmiylarining fikricha, Kim Chon Nam, katta ehtimol bilan, yurak xurujidan vafot etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют