» » O‘zbekistonda ikki haftada onlayn auksionda 6,6 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

O‘zbekistonda ikki haftada onlayn auksionda 6,6 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi


2018-yilning 24-dekabridan 2019-yilning 6-yanvarigacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1520 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi qariyb 6,6 milliard so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 24 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48 foizi ikkinchi va 28 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtomobil havaskorlari egalladi. Ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 26 foizga teng.

Ikkinchi o‘rinni Samarqand viloyati 14 foiz ulush bilan, uchinchi o‘rinni esa buxorolik avto havaskorlar 12 foiz ulush bilan egalladi. Boshqa hududlarning ulushi esa 48 foizga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют