» » Markaziy bank barcha tijorat banklariga iste’molchilarning huquqlarini buzmaslik yuzasidan ko‘rsatma berdi

Markaziy bank barcha tijorat banklariga iste’molchilarning huquqlarini buzmaslik yuzasidan ko‘rsatma berdi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Telegram’dagi rasmiy kanali orqali bank xizmatlari iste’molchilariga murojaat bilan chiqdi.

Murojaatda keltirilishicha, tijorat banklari bilan mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, banklar tomonidan shartnomalarga ajratilgan kreditlar va qabul qilingan depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini, shuningdek bank xizmatlari uchun belgilangan tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlar kiritilganligi holatlari aniqlangan. Bu esa bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzilishi deb hisoblanadi.

Bunday holatlarni bartaraf etish va takrorlanmasligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan barcha tijorat banklariga tegishli ko‘rsatma berilgan.

Kredit yoki depozit shartnomangizda kreditlar va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarni, shuningdek bank xizmatlari uchun belgilangan tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlar mavjud bo‘lsa, ushbu shartlarni bekor qilish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat etishingiz mumkin.

Shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha mijoz bankka murojaat etilganda muammolar yuzaga kelsa, u holda Markaziy bankining bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga yozma ravishda yoki (71) 200-00-44 raqamli ko‘p kanalli yagona “Ishonch telefoni” orqali murojaat etish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют