» » Ektor Kuper: Osiyo Kubogida har qanday jamoa syurpriz taqdim etishi mumkin

Ektor Kuper: Osiyo Kubogida har qanday jamoa syurpriz taqdim etishi mumkin


9-yanvar, chorshanba kuni BAA mezbonlik qilayotgan Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi doirasida Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ummon termasiga qarshi 1-tur uchrashuvida maydonga tushadi. Argentinalik mutaxassis va terma jamoa sardori Odil Ahmedov o‘yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb yozadi “Championat.asia”.

Biz faqat Ummon bilan o‘yinga emas, butun musobaqaga tayyorlandik. To‘g‘ri, birinchi raqibimiz Ummon bo‘ladi. Musobaqaga yuqori kayfiyatda tayyorlandik va ishladik. Barchamiz ertangi o‘yinga tayyormiz. Nasib qilsa hammasi yaxshi bo‘ladi.

— Ummon Fors ko‘rfazi kubogi qo‘lga kiritgan. Raqib haqida fikringiz?

— Ummon yaxshi terma jamoa. Lekin ularni maydonda ko‘rishimiz kerak. Fors ko‘rfazi kubogi kuchli musobaqa. Osiyo Kubogida har qanday jamoa syurpriz taqdim etishi mumkin.

— Noyabr oyida Avstraliyada Janubiy Koreya bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng deyarli 50 kun vaqt o‘tdi. Ammo O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmadi. Bunday katta musobaqadan oldin bu sizni qanchalik xavotirga solmoqda?

— Bu mening qarorim. Lekin xavotirga tushganim yo‘q. Terma jamoalarga qarshi o‘ynasak ham bo‘lardi, ammo futbolchilarning jarohat olishlari xavfi borligi uchun shunday qarorga keldik. Osiyo Kubogida qatnashadigan terma jamoa bo‘lganida, albatta, o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushardik, biroq bunday jamoa topilmadi.

 O‘zbekiston terma jamoasiga kelganingizda jamoaning yangi o‘yin qiyofasini shakllantirish uchun bir oy vaqt kerak bo‘ladi degan mazmunda fikr bildirgan edingiz. O‘rtoqlik o‘yinlaridagi natijalar o‘z yo‘liga. O‘tgan vaqt mobaynida jamoani Osiyo Kubogiga o‘zingiz istagan qiyofaga kirgiza oldingizmi?

— Biz birgalikda yetarlicha ishladik. Nimalarnidir o‘zgartirishga harakat qildik. Ammo hech qaysi murabbiy qaysidir futbolchi ertaga maydonga tushib o‘ynab ketishiga kafolat bermaydi. Kelinglar yaxshi niyat qilib turaylik. Ertaga nasib qilsa muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatamiz.

Ektor Kuper, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Barchani Osiyo Kubogi boshlanishi bilan tabriklayman. Ummon bilan chiroyli o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman. Ertaga biz uchun ijobiy kun bo‘lishini xohlardik.

—Ummon terma jamoasi sardori va darvozaboni Ali Al Habsi Osiyo Kubogida qatnashmaydi. Bu borada nima deya olasiz?

— Bu darvozabonni yaxshi taniyman. U kuchli posbon. Ummon terma jamoasi uchun juda katta yo‘qotish deb ayta olaman. Agar uning yo‘qligi bizga yordam bersa, xursand bo‘laman.

Odil Ahmedov, O‘zbekiston terma jamoasi sardori

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston—Ummon uchrashuvi 9-yanvar, chorshanba kuni 18:30 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют