» » Tailand janubidagi portlash natijasida uch nafar harbiy va maktab o‘quvchisi jarohatlandi

Tailand janubidagi portlash natijasida uch nafar harbiy va maktab o‘quvchisi jarohatlandi


8-yanvar kuni Tailandning Songxla va Pattani provinsiyalarida sodir bo‘lgan portlash natijasida uch nafar askar va maktab o‘quvchisi yaralangan, deya xabar berdi TASS.

Xabarda aytilishicha, Songxla provinsiyasida mahalliy vaqt bilan 06:00 da avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushirilgan.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, jangarilar mahalliy fuqaroni o‘ldirib, portlovchi qurilma o‘rtanish maqsadida uning mashinasinini o‘g‘irlab ketishgan. Portlovchi qurilma o‘rnatilgan mashina xavfsizlik kuchlari bazasi yaqiniga tashlab ketilgan. Portlash oqibatida ikki askar jarohatlangan.

Pattanidagi portlash esa o‘quv muassasalaridan birida joylashgan xavfsizlik punkti yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 07:45 da sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida bir nafar harbiy va 12 yoshli maktab o‘quvchisi jarohatlangan va ular shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumot uchun, qurolli tuzilmalar asosan musulmonlardan iborat bo‘lib, ular Tailandning janubiy qismida 10 yildan ortiq vaqt faoliyat yuritib kelmoqda. Ular hududni ajratib olib, Pattana, Yala va Naraxivat provinsiyalarida sultonlik yaratishga harakat qilmoqda. Hududdagi nizolar vaqtida otishma va portlashlar oqibatida 6,8 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют