» » Xiaomi Mi 9 flagmanining xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

Xiaomi Mi 9 flagmanining xususiyatlari ma’lum bo‘ldi


Yangi Xiaomi Mi 9 flagmani rasmiy ravishda e’lon qilinishidan kamida ikki oy oldin smartfonlar haqidagi barcha tafsilotlar, hatto narxi ham ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Gadgets360 xabar berdi, deb yozadi Spot.

Kutilganidek, smartfon FHD+ lik 6,4 dyuymli AMOLED displey, tomchisimon kesik, shuningdek X24 LTE modemli Snapdragon 855 protsessori bilan jihozlanadi.

Asosiy kamera uchtalik bo‘ladi: birinchi sensor — 48 megapikselli Sony IMX586, ikkinchisi — 12 megapiksel, uchinchisi esa uch o‘lchamli tasvirlarni yaratish uchun 3D TOF (Time of Flight). Old kamera 24 megapikselli Sony IMX576 sensorini oladi.

Bundan tashqari, qurilma 6 Gb operativ va 128 Gb ichki xotira, tezda zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 32-W zaryadka ega 3500 mA/soat batareya quvvati, ekran osti barmoq izlari skaneri va maxsus MIUI 10 qobig‘idagi ОS Android 9 Pie’ga ega bo‘ladi.

Smartfonning o‘lchamlari 155?75?7,6 mm.

Asosiy konfiguratsiya qiymati 436 dollarga teng bo‘lishi kutilmoqda. Taqdimot fevral yoki mart oyining oxirlarida MWC 2019 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют