» » Samarqandda “Men harbiy bo‘laman!” rasmlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Samarqandda “Men harbiy bo‘laman!” rasmlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi


Samarqanddagi “Yoshlar markazi”da Markaziy harbiy okrug, Samarqand viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Men harbiy bo‘laman” shiori ostida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tanlovda yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard va jasur o‘g‘lonlar hayoti, chegara qo‘shinlarida xizmat vazifasini o‘tayotgan askarlar, mas’uliyatli soha aks etgan rasmlar namoyish etildi. Yosh rassomlar ijodini ko‘rsatib bergan mazkur tanlov Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat, jasorat, faxr va iftixor tuyg‘ularini teran anglash imkonini berdi.

Shuningdek, tanlovda buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temurning shonli harbiy yurishlari g‘urur va qat’iyat mujassam bo‘lgan suratlarda aks ettirildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, “Mening armiyam – mening faxrim” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin Aziza Esonovaga nasib etdi. “Men ham harbiy bo‘laman” yo‘nalishida 1-o‘rinni Doniyor Boltayev qo‘lga kiritdi. “Sohibqiron Amir Temur portreti” yo‘nalishi bo‘yicha esa 1-o‘ringa Sanjar Ismatov munosib deb topildi.

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют