» » Sobiq “TAPOiCh” yonidagi uch qavatli ko‘prik 2019-yil oxirigacha ishga tushiriladi

Sobiq “TAPOiCh” yonidagi uch qavatli ko‘prik 2019-yil oxirigacha ishga tushiriladi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (“TAPOiCh”) yonidagi uch qavatli ko‘prikni 2019-yil oxirigacha foydalanishga topshiradi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Loyihaga muvofiq, birinchi bosqichda uzunligi 484, kengligi 26,7 va vertikal gabariti 5,5 metr bo‘lgan tunnelni qurish rejalashtirilgan.

Avtomobil yo‘lining har bir yo‘nalishi uch polosali bo‘ladi. Yo‘lning ushbu qismi yoritish va suvni qaytarish tizimlari bilan jihozlanadi.

Ikkinchi bosqichda esa doirasimon yo‘l o‘tkazgich quriladi, uning diametri 50 metrga, balandligi esa yer sathidan 1 metrga teng bo‘ladi.

Shuningdek, Sharqiy aeroport va Maxtumquli ko‘chalarini birlashtiruvchi ko‘prik qayta tiklanadi.

Bundan tashqari, yo‘lning ushbu qismiga zamonaviy magistral yotqiziladi, bu ushbu yo‘nalishda masofani 20 km ga qisqartirish imkonini beradi.

Uch qavatli yo‘l o‘tkazgichning jami uzunligi 618 metrni, eni 30 metrni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют