» » Frankfurtdagi ko‘rgazmada “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari mahsulotlari namoyish etilmoqda

Frankfurtdagi ko‘rgazmada “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari mahsulotlari namoyish etilmoqda


8-yanvar kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida an’anaviy Heimtextile 2019 xalqaro uy to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi, deb xabar beradi O‘zA.

Mazkur xalqaro ko‘rgazma ikki davlat o‘rtasidagi manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash, to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha tajribalar almashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari an’anaviy xalqaro ko‘rgazmaning faol ishtirokchilaridan. O‘tgan yil ko‘rgazmada uyushma “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy stendi bilan ishtirok etgan edi. Buning natijasida to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 3,7 million dollarlik shartnoma tuzilishiga erishilgan.

Bu yil ushbu nufuzli tadbirda “O‘zteks Grupp” korxonalari tomonidan FadolliRicci brendi hamda Xorazm viloyatida joylashgan “Baxmal Grupp” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Xalqaro ko‘rgazma doirasida uyushma vakillari Germaniya to‘qimachilik sanoati, Germaniya to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqaruvchilari konfederatsiyasi (VDMA), Germaniya tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari konfederatsiyasi mutaxassislari, Shtutgart savdo palatasi va Kyoln to‘qimachilik importchilari bilan bir qator taqdimot va uchrashuvlar o‘tkazadi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash kerakki, 1971-yildan buyon har yili o‘tkazilayotgan mazkur Heimtextile 2019 xalqaro uy to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazmasida bu gal dunyoning 135 mamlakatidan 70 mingdan ziyod mehmonlar qatnashmoqda. Uch kun davom etadigan namoyishda ishtirok etayotgan kompaniyalarning umumiy soni 2970 dan ortiqdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют