» » Toshkentda 4 kun ichida 20 nafar haydovchi mast holatda mashina boshqarayotganda ushlandi

Toshkentda 4 kun ichida 20 nafar haydovchi mast holatda mashina boshqarayotganda ushlandi


2019-yilning 4-yanvar kunidan 7-yanvar kunigacha Toshkent shahri ko‘chalarida poytaxt IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan haydovchilar 1434 marta yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari qayd etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

20 nafar haydovchilar transport vositalarini spirtli ichimlik ta’siri ostida boshqarganliklari aniqlandi.

55 nafar haydovchilar transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqargan.

14 ta avtomobillar oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi sababli jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Yo‘l harakati qoidalarining jiddiy buzish turlaridan biri – svetoforning taqiqlovchi belgisiga e’tibor bermasilik. To‘rt kun ichida ushbu turdagi qoidabuzarlik 18 marotaba sodir etildi. Bu kabi qoidabuzarlik yo‘l-transport hodisasiga va mudhish oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ma’lum.

Shuningdek, 12 nafar haydovchilar avtomobil boshqara turib mobil telefonlardan foydalanganliklari qayd etildi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil boshqaruvi vaqtida telefon orqali gaplashish haydovchining e’tiborini xuddi spirtli ichimlik iste’moli kabi susaytiradi.

Quvib o‘tish qoidalari poytaxt ko‘chalarida 107 bor buzilgan, bu esa o‘z navbatida 107 marta avariyaviy holat yuzaga kelganligidan dalolat beradi.

Besh nafar haydovchilar YHXB YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysinmagan, jarima maydonchasiga joylashtirilgan mashinalarning umumiy soni 95 tani tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют