» » Osiyo Kubogi—2019. 5 ta gol urilgan o‘yinda Iroq Vyetnam ustidan irodali g‘alabaga erishdi (video)

Osiyo Kubogi—2019. 5 ta gol urilgan o‘yinda Iroq Vyetnam ustidan irodali g‘alabaga erishdi (video)


8-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining 1-turi doirasida “D” guruhidagi ikkinchi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu o‘yinda Iroq terma jamoasi Vyetnam termasiga qarshi maydonga tushdi va so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi (3:2).

Bellashuvning 24-daqiqasida Iroq terma jamoasi himoyachisi Ali Fayoz Atiyah o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (0:1). 35-daqiqada esa Mohanad Kadim Vyetnam termasi himoyachisining xatosidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi (1:1). 1-bo‘limning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganda Chong Phuong Nguyen Iroq termasi darvozaboni Jalol Hassandan qaytgan to‘pni qabul qildi va gol urdi (1:2).

2-bo‘limning 60-daqiqasida Humam Toriq kuchli zarba bilan Dang Van Lam qo‘riqlayotgan darvozaga to‘p kiritdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Ali Adan hisobni 3:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa, Iroq terma jamoasi Vyetnam termasi ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Osiyo Kubogi—2019

“D” guruhi, 1-tur

8-yanvar, seshanba

Gollar: 0:1 — 24, avtogol, Ali Fayoz Atiyah, 1:1 — 35 Mohanad Kahim, 1:2 — 42 Chong Phuong Nguyen, 2:2 — 60 Humam Toriq, 3:2 — 90 Ali Adnan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют