» » Prezident raisligidagi videoselektorda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boyicha asosiy vazifalar belgilandi

Prezident raisligidagi videoselektorda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boyicha asosiy vazifalar belgilandi


Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-yanvar kuni joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi bolib otdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda hukumat azolari, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi Raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari, mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Faol investitsiya siyosati barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishning eng muhim shartlaridan biridir. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019-yil mamlakatda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb elon qilindi.

2019-yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018-yildagiga nisbatan 16 foiz kopdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar bolgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Videoselektorda mazkur yirik va muhim loyihalarni oz muddatida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, xorijiy davlatlar va investorlar bilan faol ish olib borilayotgani natijasida jami investitsiyalarning 25 foizini togridan-togri chet el sarmoyalari tashkil etmoqda. Xususan, joriy yilda shunday investitsiyalar ishtirokidagi 320 ta loyiha doirasida 4,2 milliard dollar ozlashtirilishi kozda tutilgan.

Prezident togridan-togri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni sozsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bolishi kerakligini takidladi. Investitsiyalarning asosiy qismini ozlashtirishni yilning oxirgi oylariga qoldirish amaliyotiga chek qoyib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda kamida 35 foizga, toqqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi.

Bu boradagi vazifalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari boyicha tahlil qilindi. Xorijiy investitsiyalar ulushi avvalgi yildagiga nisbatan kamaygan, mablaglarni ozlashtirish sust tashkil etilgan soha va tarmoqlar korsatib otildi. Yil oxiriga qadar qoshimcha sarmoyalarni jalb qilish, ularni togridan-togri xorijiy investitsiyalarga talab yuqori bolgan soha va hududlarga yonaltirish, ushbu resurslarning ozlashtirilishini nazoratga olish boyicha topshiriqlar berildi.

Yigilishda togridan-togri xorijiy investitsiyalar hisobiga hududiy loyihalarni amalga oshirish masalasiga alohida etibor qaratildi.

Shunday ishlar natijasida otgan yili 1 milliard dollardan ziyod investitsiyalar ozlashtirilgan, 133 ta yangi korxona ishga tushirilgan. Biroq, hokimlar va ularning investitsiya boyicha orinbosarlari ishni tashkil etishda kamchiliklarga yol qoygani oqibatida Toshkent shahri, Qoraqalpogiston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Fargona, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida ayrim obektlar foydalanishga topshirilmay qolgan.

Davlat rahbari bu loyihalarda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boyicha tarmoq jadvallari ishlab chiqish va ijrosini nazoratga olish yuzasidan topshiriq berdi.

Joriy yilda togridan-togri investitsiyalar ishtirokida 209 ta hududiy loyiha amalga oshirilib, 1,9 milliard dollar yoki otgan yildagiga nisbatan 2 barobar kop mablag ozlashtirilishi rejalashtirilgan. Yigilishda shu va mamlakat elchilari komagida shakllantirilgan qoshimcha loyihalarni amalga oshirish uchun har bir hududga respublika idoralari rahbarlari masul etib biriktirildi.

Endilikda hududlar va tarmoqlarda togridan-togri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar kolamini kengaytirish, ularni amalga oshirishda qatiy nazorat mexanizmini ornatish uchun yangi tizim tashkil etilishi malum qilindi. Unga muvofiq:

birinchi viloyat hokimlari har haftada bittadan tuman yoki shaharga borib, elchilar bilan aloqa ornatgan holda, u yerga togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boyicha ishlarni tashkil qiladi. Xuddi shunday, tarmoq rahbarlari ham har haftada bitta viloyatga borib, osha joydagi korxonalari bilan birga amaldagi loyihalarni bajarish va qoshimcha investitsiya loyihalari boyicha ish olib boradi. Bosh vazir va uning orinbosari elchilar ishtirokida hududlar va tarmoqlarga jalb qilingan xorijiy investitsiyalarni ozlashtirish holatini muntazam muhokama qilib boradi. Natijalariga qarab, hokimlar va tarmoqlar rahbarlari ragbatlantiriladi yoki ularga nisbatan ish haqining 50 foizi miqdorida jarima qollanadi.

Hududlarga biriktirilgan respublika idoralari rahbarlari viloyat hokimlari va elchilar bilan birgalikda har bir tuman (shahar)da togridan-togri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar holatini organib, ularning ijrosini jadallashtirish boyicha aniq choralar koradi. Shuningdek, qoshimcha loyihalar boyicha takliflar ishlab chiqib, xorijiy investorlarni jalb qiladi.

Ikkinchi Investitsiya qomitasi hududlar va tarmoqlarning investitsiya loyihalari boyicha takliflarini umumlashtirib, samaradorligini baholaydi va yagona elektron onlayn bazani shakllantiradi.

Uchinchi Tashqi ishlar vazirligi hamda hududlarga biriktirilgan elchilar yagona elektron bazaga kiritilgan loyihalarga xorijiy investorlarni jalb etadi.

Tortinchi Vazirlar Mahkamasi saralab olingan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlar bilan tegishli kelishuvlarni rasmiylashtirib, ijrosini nazoratga olish boyicha yol xaritalarini tasdiqlaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyiha takliflariga investorlarni jalb qilishni yanada faollashtirish uchun har yili barcha hududlarda kamida bir marotaba xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida investitsiya forumlari otkazish, shuningdek, xorijdagi yirik xalqaro investitsiya forumlarida respublikamiz tadbirkorlari ishtirokini taminlash zarurligini takidladi. Investitsiya qomitasi, Tashqi ishlar vazirligiga joriy yilda hududlarda tashkil etiladigan investitsiya forumlari reja-jadvallarini shakllantirish boyicha korsatmalar berdi.

Eng muhimi, investitsiya loyihalarini togri joylashtirish kerak. Bu borada investorlarning yagona talabi loyiha moljallangan joy zarur infratuzilma tarmoqlariga ega bolishidir. Shuning uchun, kecha urbanizatsiya jarayonini takomillashtirish boyicha Prezident qarorini qabul qildik. Bundan asosiy maqsad infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay bolgan joylarga investorlar jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirishga erishamiz. Sanoat bor joyda ish orinlari va daromad boladi, uy-joylar va ijtimoiy obektlar, kichik shaharchalar barpo etiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Videoselektor yigilishida yana bir muhim masala xorijiy investorlar loyihasini davlat tomonidan qollab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, xorijiy investorlarni qollab-quvvatlash jamgarmasini tashkil etish vazifasi qoyildi.

Mamlakat tijorat banklari joriy yilda xorijiy banklarning jami 740 million dollar miqdoridagi togridan-togri kreditlarini jalb qilishi rejalashtirilgan.

Yigilishda uzoq muddatli, past foizli togridan-togri xorijiy kredit resurslarini jalb etish ishlarini kuchaytirish lozimligi takidlandi.

Togridan-togri investitsiyalar ishtirokida ishonchli loyihalar portfelini shakllantirib borish tizimini yaratish masalasi ham muhokama qilindi.

Joriy yilda 84 ta loyiha doirasida xalqaro moliya institutlari va donorlarning 2,7 milliard dollar mablagini ozlashtirish kozda tutilgan. Yigilishda bu loyihalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari kesimida tahlil qilinib, ularni oz muddatida va sifatli amalga oshirish boyicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Bundan tashqari, 2 ming 800 ta ijtimoiy soha va infratuzilma obektlarini qurish va tamirlash rejalashtirilgan. Davlat rahbari xalqning hayot sifatiga daxldor bu masalaga alohida etibor qaratib, maktabgacha talim muassasalari, maktablar, sogliqni saqlash obyektlari, yollar, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish boyicha belgilangan ishlarni jadallashtirish zarurligini takidladi.

Videoselektorda Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosini tashkil etish yuzasidan korilayotgan choralar haqida hukumat azolari, vazirlik va idoralar, xojalik birlashmalari rahbarlari va viloyat hokimlarining hisoboti tinglandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-01-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -