» » Ozbekiston Madaniyat vazirligi Qoraqalpogistonda Shamun Nabiy maqbarasi buzib tashlanganligini tasdiqladi

Ozbekiston Madaniyat vazirligi Qoraqalpogistonda Shamun Nabiy maqbarasi buzib tashlanganligini tasdiqladi


Ozbekiston Madaniyat vazirligi markaziy apparat tarkibiga kiruvchi boshqarma rahbarlari va jurnalistlar ishtirokida 8-yanvar kuni bolib otgan konferensiyada Qoraqalpogistondagi Shamun Nabiy maqbarasi buzib tashlanganligi faktini tasdiqladi.

Novosti Uzbekistana internet-nashrining muxbiri Yevgeniy Grandening sayyor komissiyaning ishlari va otkazilgan tarixiy-badiiy, tarixiy-memoriy ekspertizalarning natijalari haqidagi savoliga madaniyat vazirining orinbosari Kamola Akilova XII asr memorchiligi tarixiy yodgorligining buzib tashlanganligi fakti, afsuski, tasdiqlanganligini malum qildi.

Shamun Nabiy maqbarasi joyida binoning yangi nusxasi barpo etildi. Bu 2017-yilda amalga oshirildi, dedi Kamola Akilova.

Tarixiy yodgorlik endi yoqligi haqidagi birinchi malumot OAVlarida otgan yilning oktabrida paydo boldi. Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Tarixiy meros obyektlarini qoriqlash boyicha bosh ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi Qoraqalpogiston Respublikasi boyicha mintaqaviy davlat inspeksiyasi rahbari Quanishbek Sharipov Xalq sozi Online nashriga bergan izohida binoning buzib tashlanishini majburiy chora deb atagan. Uning sozlariga qaraganda, ikki gumbaz deyarli toliq vayron bolgan, paxsa devorlar yupqalashib ketgan. Sharipovning fikricha, yodgorlikni dastlabki korinishida qoldirish vaqt otishi bilan uning toliq vayron bolishini anglatar edi.

Tashkil etilgan komissiya joyida bolib, maqbaraning yangi binosini barpo etish boyicha ishlarni otkazish haqida qaror qabul qildi. Ular Meros chashmasi loyiha tashkiloti tomonidan olib borildi. Qurilish ishlari otgan yilning bahorida boshlanib, yangi devorlar, gumbazlarni barpo etish, hududni obodonlashtirish, bahodir Shamun Nabiy dafn etilgan dahmani rekonstruksiya qilishni oz ichiga oldi, deydi Quanishbek Sharipov.

Shamun Nabiy maqbarasining buzilganligi haqidagi malumotni arxeolog, tarix fanlari nomzodi Oktabr Dospanov ham tasdiqladi. Maqbara 1964-yilda Nukus chekka qismidagi qazishma ishlari davomida topilgan edi.

Maqbara buzib tashlanishini tushunganimizda, buning oldini olishga urindik, biroq bizga barcha ruxsatlarni oz ichiga olgan hujjatlarning naq bir papkasini korsatishdi, dedi Oktabr Dospanov.

Binoni buzish va yangisini barpo etishga aylangan rekonstruksiyaga ruxsat Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan. Yodgorlikni yangilash bilan Quanish Sharipov shugullangan.

Biroq boshqarmaning ozi turli OAVlaridagi maqolalardan song Shamun Nabiy maqbarasining buzilganligini rad etib keldi. 2018-yilning noyabr oyi boshida madaniyat vaziri deyarli yopiq matbuot anjumanini otkazib, unda vazir orinbosari Kamola Akilova maqbarani hech kim buzib tashlamaganligi, u vayron bolmasligi uchun yangi qurilma bilan qoplanganligini malum qilgan edi. Tarixiy ahamiyat yoqotilganligi fakti qisman tan olindi, sababi Shamun Nabiy Mizdakxon majmuasining bir qismi edi.

Oshanda boshqarma maxsus komissiya tashkil etilib, u Ozbekistonning barcha shaharlarini aylanib chiqishi va har bir yodgorlikni kozdan kechirishihamda oz tavsiyalarini berishini malum qilgan edi.

Nukusga qilingan safardan song vazirlik yuz bergan hodisada aybdorlar qonunchilikka muvofiq jazoga tortilishini takidladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-01-2019, 23:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -