» » Osiyo Kubogi—2019. Saudiya Arabistoni KXDRni tor-mor qildi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Saudiya Arabistoni KXDRni tor-mor qildi (video)


8-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining 1-turining “E” guruhidagi ilk uchrashuv yakuniga yetdi.

Ushbu bellashuvda Saudiya Arabistoni terma jamoasi KXDR termasi bilan bahsga kirishdi va javobsiz 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

1-bo‘limning 28-daqiqasida Saudiya Arabistoni yarim himoyachisi Sulton Bahbir KXDR termasi darvozasining uzoq burchagini nishonga oldi va hisobni ochdi (1:0). O‘yinning 37-daqiqasida esa Muhammad al-Fatil jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni raqib darvozasiga kiritdi (2:0).

2-bo‘limning 70-daqiqasida Salim al-Dosariyning yo‘llagan zarbasi oldida KXDR termasi darvozaboni Ri Myon Guk hech narsa qila olmadi va hisob 3:0 ko‘rinishiga keldi. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga 3 daqiqa qolganda Hamdan al-Shamroniyning uzatmasini Fahad al-Muvallad golga aylantirdi.

Shu tariqa Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi bahslarini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi (4:0).

Osiyo Kubogi—2019

“E” guruhi, 1-tur

8-yanvar, seshanba

Gollar: 1:0 — 28 Sulton Bahbir, 2:0 — 37 Muhammad al-Fatil, 3:0 — 70 Salim al-Dosariy, 4:0 — 87 Fahad al-Muvallad.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют