» » Toshkentda 2 ming dollar evaziga ichki ishlar organlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Toshkentda 2 ming dollar evaziga ichki ishlar organlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi


Toshkentning Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 29 yoshli X.U. ichki ishlar organlariga murojaat qildi. U o‘z arizasida 2 ming AQSh dollari evaziga ichki ishlar organlariga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan “Yusup” ismli shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent IIV Shaxsiy qo‘riqlash boshqarmasi bo‘limi va IIBB xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi ishga kirishdi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasida Umidadan pora talab qilgan shaxs — fuqaroligi bo‘lmagan va Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi, Qirg‘iziston Respublikasining fuqarosi 26 yoshli Yusupjon R. ekanligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida Yusupjon talab qilingan pullarning 1 300 dollarlik bir qismini shaxsiy mashinasida olayotgan vaqtda IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Mazkur ish bo‘yicha “Firibgarlik” va “Pora berish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют